Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

  • Erishilgan yutuqlar
  • 16-01-2024, 15:46

XALQARO OLIMPIADA G’OLIBI MUNOSIB KUTIB OLINDI

Xabaringiz bor, joriy yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Serbiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog'iston, O’zbekiston) 680 nafar o'quvchilar (matematika fanidan - 286 nafar, fizika fanidan - 194 nafar, informatika fanidan - 200 nafar) ishtirok etdi.

Mazkur olimpiadada Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o’quvchisi Egamberdiyev Maqsadbek ishtirok qilib, bronza medalini qo’lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Bugun o‘quvchimiz viloyatimizga qaytib keldi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Bog’ot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi mas’ullari, maktab direktori, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirokida g’olib o’quvchimiz munosib kutib olindi.
        
Tadbir davomida mas’ullar o‘quvchimizni erishgan yutug‘i bilan yana bir bor samimiy tabriklab, o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tiladilar.
Ularning ota-onalari va ustozlariga minnatdorchilik bildirildi.

Ma’lumot uchun, ushbu olimpiadada 🥇2 ta oltin, 🥈 3 kumush va 🥉9 ta bronza jami 14 ta medallarini qo‘lga kiritildi!

Manzil

  • Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@bogot-txtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili