Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi


​MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI MAS’UL XODIMI RAHBARLIGIDAGI SAYYOR QABUL BOG‘OT TUMANIDA BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli topshirig‘iga muvofiq, joylarda ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar va muammolarni o‘rganish, joyida hal etish va tezkor choralar belgilash maqsadida bugun, 22-fevral kuni Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi, respublika ishchi guruhi a’zosi Alisher Kandalatov rahbarligida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Jonli va ochiq muloqot shaklida o'tgan sayyor qabulda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlari hamda fuqarolarning maktablarda ta’mirlash ishlariga bo‘lgan talab, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, ta’lim muassasalariga ishga joylashish va boshqa yo‘nalishlardagi o‘ndan ortiq murojaat va takliflari qabul qilindi.

Ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi va ayrim murojaatlarni hal etish uchun aniq muddat va zarur choralar belgilab olindi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@bogot-txtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili