Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

  • Maktablarga e'lonlar
  • 10-01-2024, 12:31

Ta'tilda o'quvchilar sayohatga olib borildi.

🔴 Bog‘ot tumani MMTBga qarashli barcha maktablarning MMIBD o‘rinbosarlari boshchiligida o‘quvchilarning qishki ta’til davrida yaxshi dam olishlarini tashkil etish uchun bir guruh yoshlar azim Xiva shahrining "Ichan qal'a" muzey-qoʼriqxonasiga, Urganch shahriga, tumanimizda yangi ochilgan Ma’naviyat maskaniga, uzoq tarixga ega Qalajiqqal’a  qal’asiga sayohatga olib borildi.

O‘quvchilar dunyoga mashhur Xivada Bog'cha darvoza, Ko'hna Ark saroyi, Tosh darvoza, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Islomxo'ja madrasasi kabi diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi. Urganch shahridagi harbiy ta’lim dargohlarida, Bog‘ot tumanidagi ma’naviyat maskanlarida, Qalajiqqal’ada boy tariximiz borasidagi bilimlarini mustahkamlash bilan birgalikda, madaniy hordiq chiqarishdi.

Ayniqsa, ushbu tarixiy maskanlardagi koʻhna Xorazmning oʻziga xos asori atiqalari, milliy madaniyatimiz va urf-odatlarimizni aks ettiruvchi buyumlar barcha o‘quvchilarning eʼtiborini jalb qildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@bogot-txtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili