Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

Belgilangan reja grafik asosida joriy yilning 21-avgustidan 25-avgustgacha Bog‘ot tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida seminarlar tashkil etilmoqda. Unda umumta’lim maktablarning barcha pedagog xodimlari ishtirok etishmoqda.

Seminarlarda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘lim, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, tuman ichki ishlar bo‘limlari rahbar xodimlari ishtirok qilishdi. Bunda maktablarda ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar haqida gapirildi. Seminarlarda “O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa g‘ayriijtimoiy xatti- harakatlarning oldini olish”, “Umumta’lim maktablarining yangi tahrirdagi “Odob-axloq qoidalari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Ishtirokchilar tadbirda faol qatnashib, mavzular bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@bogot-txtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili