Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

  • Yangiliklar
  • 18-01-2024, 11:07

Vazir jamg'armasi

📣 Vazir jamg‘armasi hisobidan joriy yilda ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning umumiy kvotasi 1250 ta etib belgilandi

✅Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 8-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va 1-bosqich test sinovlari orqali saralash bo‘yicha reglament (https://uzedu.uz/uz/news/1450) tasdiqlandi.

❗️Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan Respublika bo‘yicha 2024-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 250 nafar etib belgilandi. Bunda:

➖1 150 ta kvota yoki umumiy kvotaning 92 foizi — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga;

➖100 ta kvota yoki umumiy kvotaning 8 foizi — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar pedagog kadrlariga ajratildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1450

Manzil

  • Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@bogot-txtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili