Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

O‘zbekistonda “Bolalik akademiyasi” raqamli platforma ishga tushirildi . Ushbu platformaga 20 mingga yaqin pedagogni qamrab olish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, 1,5 millionga yaqin bolalarning o‘qish va rivojlanish natijalarini yaxshilashni ko‘zda tutmoqda. Bu haqda UNICEF xabar bermoqda.
Platforma bolalar va ularing ota-onalari hamda pedogoglar uchun mo‘ljallangan, bo‘lib unda bolalar savodxonlik, hisoblash va ijtimoiy-hissiy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi o‘yinlarni o‘ynashlari, o‘z ona tillaridagi elektron kitoblarni o‘qishlari mumkin. Bundan tashqari, o‘quv-ko‘ngilochar videolarni tomosha qilish va yoshga mos kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari ham mavjud.

Pedagoglar va ota-onalar uchun malaka oshirish kurslari, mashg‘ulot rejalari, qo‘shimcha materiallar, raqamli, onalar uchun maslahatlar,  kutubxona va birgalikda o‘ynaladigan o‘yinlar bo‘yicha ko‘rsatmalar ham joy olgan.
“Bularning bari “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim davlat o‘quv dasturi va O‘zbekistonning erta va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi bo‘yicha davlat talablari asosida ishlab chiqilgan”, deyiladi xabarda.
"Ushbu ahamiyatli davr hayotda faqat bir marta keladi, shu bois u maktabgacha yoshdagi millionlab bolalar uchun juda muhimdir. Ular butun umri davomida erishadigan jismoniy va ruhiy natijalar, moliyaviy ta’minlanganlik darajasi aynan shu vaqt ichida ko‘rsatiladigan yordamga bog‘liq”, - dedi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.
UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzadening so‘zlariga ko‘ra, “Bolalik akademiyasi” o‘quv platformasi 3–6 yoshli bolalarning tarbiyachilari va ota-onalari o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishlariga imkon yaratadi.

Ma’lumot uchun, Learning Passport UNICEF va Microsoft hamkorligida yaratilgan bo‘lib, u moslashuvchan raqamli o‘quv platforma hisoblanadi. Hozir platforma butun dunyo bo‘ylab millionlab bolalarning o‘qishini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilmoqda.
UNICEF Maktabgacha ta’lim vazirligi va “Bilim Makon” axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi bilan birga Learning Passport “Bolalik Akademiyasi” raqamli platformasini ishga tushirdi. Platforma O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Ushbu texnologik innovatsion g‘oya butun mamlakat bo‘ylab bolalarga maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnashi yoki qatnamasligidan qat’i nazar, yuqori sifatli o‘quv resurslaridan foydalanish imkonini beradi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@bogot-txtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili